Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarbiyalanuvchilarni urgan bog‘cha xodimasi ortidan muassasa faoliyati to‘xtatib qo‘yildi

Tarbiyalanuvchilarni urgan bog‘cha xodimasi ortidan muassasa faoliyati to‘xtatib qo‘yildi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaga nisbatan sodir etilgan jismoniy zo‘ravonlik aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 8-aprel kuni Navoiy shahrida joylashgan xususiy bolalar bog‘chasida tarbiyachi E.N. (2003-yilda tug‘ilgan ayol) voyaga yetmagan bolalar D.S. va M.Z.larga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularga jismoniy kuch ishlatgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tarbiyachining nomaqbul harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Bolaga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari fakti Viloyat MTMTB tomonidan o‘rganilib, tarbiyachi E.N bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilindi, muassasa faoliyati hozirda to‘xtatildi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatning nazoratga olinganini ma’lum qilib, o‘zining ayrim tavsiyalari bilan ham o‘rtoqlashmoqda.

Jumladan, idora mutasaddi tashkilotlar bu kabi zo‘ravonlik holatlarni oldini olish bo‘yicha preventiv choralar va tizimli nazorat kuchaytirilishiga jiddiy e’tibor qaratishi zarurligini aytmoqda.

Shuningdek, pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sog‘lig‘i uchun xavfli shaxslar ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

«Chunki ta’lim muassasasi bola uchun tazyiq va qo‘rquv manbai emas, balki sog‘lom, xavfsiz va do‘stona muhit makoni bo‘lishi shart», – deyiladi axborotda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring