Toshkent viloyatida yashirin dori ombori fosh etildi
DXX va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashirin dori ombori fosh etildi.
Shu tumanda istiqomat qiluvchi shaxs (1991-y.t.) o‘zi yashayotgan xonadonda xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan.
Omborni ko‘zdan kechirish davomida jami 119 turdagi, 3 356 qutida bo‘lgan 76 318 dona «Frotu», «Budenofalk», «Gaviscon», «Baraclude» va boshqa nomdagi dori vositasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 mlrd so‘mni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter