10 ming dollarga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Toshkent viloyatida sud hukmini o‘zgartirib berish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan advokat DXX tomonidan qo‘lga olindi.
U mahalliy fuqaroga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi «tanishlari» orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan. Va ushbu «xizmati» evaziga fuqarodan 10 ming AQSh dollari so‘ragan. Advokat kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter