Hayvonga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan fuqaro mahkamaga tortildi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Bo‘stonliq tumanida hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan monitoring va dastlabki surishtiruvlar davomida voqea 2025-yil dekabr oyida Bo‘stonliq tumani «Yangiqo‘rg‘on» mahallasida joylashgan mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgani aniqlangan.
Shu bilan birga, joriy yil va o‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlariga ushbu holat yuzasidan hech qanday murojaat kelib tushmagani qayd etildi.
Videoda aks etgan shaxs 1993-yilda tug‘ilgan M.Sh. ekani aniqlangan. Uning xatti-harakatlari yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda to‘plangan materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.
Mazkur holat bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter