Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat tartibini buzgan instabloger mahkamada javob beradigan bo‘ldi

Jamoat tartibini buzgan instabloger mahkamada javob beradigan bo‘ldi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro D.U. jamoat tartibi va harakat xavfsizligiga tahdid solib, tegishli ruxsatnomasiz o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida 2026-yil 31-may kuni soat 17:00 da shahardagi supermarket oldida chiroyli raqamli avtomobillar to‘planishi bo‘yicha videomurojaat tarqatib, ommaviy tadbir uyushtirmoqchi bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlarda ushbu huquqbuzarlikning oldi olindi.

Xabar qilinishicha, bu borada IIO xodimlari tomonidan fuqaro D.U.ga huquqbuzarligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Biroq o‘sha paytda uning sherigi J.M. xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, jamoat tartibini buzgan.

Holat yuzasidan D.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 200-1-moddasi hamda J.M.ga nisbatan 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring