Tramp shifoxonaga yotqizilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi: Oq uy javob qaytardi
Tarmoqda AQSh prezidenti Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Biroq, rasmiylar buni rad etdi.
Oq uy kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chung shanba, 4 aprel kuni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi OAV xabarlariga javob berdi. Amerika yetakchisining vakili bu xabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtirdi.
«Hech bir prezident Amerika xalqi uchun Prezident Trampdan ko‘ra ko‘proq mehnat qilmagan. U bu Pasxa dam olish kunlari Oq uy va Oval kabinetda tinimsiz ishladi. Xudo uni asrasin», deb yozgan Chung.
Oq uy vakili Trampning shifoxonaga yotqizilishi bo‘yicha xabarlarni «fitna nazariyasi» deb atadi.
Oq uy prezident shanba kuni kunning qolgan qismida omma oldida ko‘rinmasligini e’lon qilganidan keyin Tramp Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazida davolanayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi, ayniqsa, Tramp odatda dam olish kunlari golf o‘ynash uchun Mar-a-Lagoga borib turgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter