Dam olish kunlari qanday ob-havo kutiladi? «O‘zgidromet» ma’lumoti
«O‘zgidromet» dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
4-aprel, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Farg‘ona vodiysida, shuningdek respublika janubidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja bo‘ladi. Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi va shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter