Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsning akasi IIBdan bo‘shatildi

YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsning akasi IIBdan bo‘shatildi

Foto: Sirdaryo viloyati IIB.

YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsning akasi IIV tizimidan bo‘shatildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabarida ma’lum qilindi. 

IIV tizimida qonuniylik va xizmat intizomini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish vazir o‘rinbosari polkovnik Diyorbek Sattarov rahbarligida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilib, unda sohada to‘planib qolgan kamchilik va muammolar tanqidiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan.

Joriy yil 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamda jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan holat — Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi va uning yaqin qarindoshi ishtirokidagi huquqbuzarlik keskin muhokama qilindi. Ushbu holat xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish ehtimolini ko‘rsatuvchi salbiy holat sifatida huquqiy baholandi.

Vazir o‘rinbosari Diyorbek Sattarov tomonidan huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan podpolkovnik Sherzod Pardayevning vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan lavozimidan ozod etilgani misolida, xizmat intizomini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi prinsipi amalda ta’minlanishi shartligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mansab va lavozimdan qat’i nazar, xizmat intizomini buzgan har qanday xodimga nisbatan murosasiz choralar ko‘rilishi davom ettirilishi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring