Tramp Eronga «qaqshatqich zarba» sanasini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi ko‘priklar va energetika inshootlariga katta zarba berishga tayyorligini e’lon qildi.
Uning ta’kidlashicha, agar Tehron kelishuvga ko‘nmasa va Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, hujum ikki kun ichida amalga oshirilishi mumkin.
«Seshanba kuni Eronda «Elektr stansiyalari kuni», ham «Ko‘prik kuni» bo‘ladi», deb yozgan u Truth Social. «Bo‘g‘ozni oching, aks holda biz do‘zax eshigini ochamiz».
Bir kun oldin Donald Tramp agar keyingi 48 soat ichida tinchlik bitimiga erishilmasa, Eronni «do‘zax» bilan tahdid qilgan edi. Reuters xabariga ko‘ra, Isroil ham Eron energetika inshootlariga zarba berishga tayyorlanmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter