Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda ikki soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi

Videodan skrinshot

Toshkent shahri Olmazor tumani soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganligini vaj qilib, 10 mln so‘m talab qilishadi, aks holda «to‘lanmagan soliqlar uchun» jarima yoziladi deb tahdid qilishadi.

Soliqchilar so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ular qamoqqa olinib, Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: DXX

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring