Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ushbu tashrif tarixda muhim sahifani ochdi»: Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon rahbari tashrifi haqida

«Ushbu tashrif tarixda muhim sahifani ochdi»: Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon rahbari tashrifi haqida

Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifini yuqori baholadi. 

«Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila a’zolarini katta ehtirom bilan kutib oldik.

Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va an’analarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda», deydi PA rahbari.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring