Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzbekistan Airways shoshilinch axborot e’lon qildi

Uzbekistan Airways shoshilinch axborot e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Uzbekistan Airways Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar yo‘lovchilari uchun shoshilinch axborot e’lon qildi. 

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, UzbekistanAirways 2025-yil 16-iyundan 30- iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviabiletlar bo‘yicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin. 

"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring", deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring