Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi farmon: Ijtimoiy reyestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi

Yangi farmon: Ijtimoiy reyestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi

Foto: «Xabar.uz»

2026 yildan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangicha formatda ishlaydi: oilalar yagona reyestr asosida baholanib, nafaqa va yordamlar avtomatik va aniq mezonlar bo‘yicha tayinlanadi

2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri asosida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi va unda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.

Bu tartib ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farmonga muvofiq, Ijtimoiy reyestr “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

Shunga muvofiq, bunday oilalar quyidagi toifalarga ajratiladi:

“Davlat ta’minotidagi oila” — agar oila a’zolari mehnatga layoqatsiz bo‘lib, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lsa;

“Kambag‘al oila” — mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lgan, biroq ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;

“Kambag‘allik chegarasidagi oila” — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan holatlar.

Davlat ta’minotidagi oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ularning bandligiga qaramasdan, avtomatik tarzda to‘lab boriladi. Kambag‘al oilalarga nafaqa 6 oyga tayinlanadi va mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy ish bilan ta’minlanishi talab qilinadi.
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga esa yordam 6 oy davomida to‘lanadi, daromad oshgan sari nafaqa miqdori 75 yoki 50 foizgacha kamayib boradi.

Shuningdek, davlat ta’minotidagi oilalar uchun qo‘shimcha ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi. Ularga:

uyiga quyosh panellari o‘rnatish uchun subsidiya,

tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ijtimoiy reyestrga kiritish yoki undan chiqarish bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish uchun 2026 yil 1 fevraldan tuman va shahar hokimliklari huzurida apellyasiya kengashlari tashkil etiladi. Ular mustaqil faoliyat yuritib, qarorlarni qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring