Ikki turdagi nafaqani proaktiv shaklda tayinlash rejalashtirilyapti
Prezidentning «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–206-son farmoni bilan 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimini joriy etish rejalashtirilyapti.
Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:
- majburiy asoslarda – O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir qismi hisobidan;
- ixtiyoriy asoslarda – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sug‘urta badalining eng kam miqdorini to‘lash evaziga.
Fuqarolarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ularning minimal sug‘urta staji va to‘lagan sug‘urta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (Jamg‘arma) orqali to‘lanadi.
Jamg‘arma orqali quyidagilar proaktiv shaklda tayinlanadi va to‘lanadi:
- 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
- 2026-yil 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan ishdan bo‘shatish nafaqasi ham Jamg‘arma orqali tayinlanadi va to‘lanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter