Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat sohasida nufuzli xalqaro tanlov g‘oliblariga 300 mln so‘mgacha mukofot beriladi

Madaniyat sohasida nufuzli xalqaro tanlov g‘oliblariga 300 mln so‘mgacha mukofot beriladi

Foto: Xabar.uz

Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida nufuzli tanlovlar g‘oliblari rag‘batlantiriladi.
 
Hukumat qarori (617-son, 11.11.2026-y.) bilan «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli tanlovlar g‘oliblarini, ularning o‘qituvchi va konsertmeysterlarini rag‘batlantirish hamda tanlovlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilmagan nufuzli xalqaro tanlovlar g‘olib va sovrindorlarining 1 martalik pul mukofoti olishi uchun ular ishtirok etgan tanlov quyidagi mezonlarga to‘g‘ri kelishi talab etiladi:
 
- 30 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchi qatnashadigan;
 
- 20 dan ortiq mamlakatning ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida ma’lumotlar e’lon qilinadigan;
 
- YuNESKO yoki boshqa yirik xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlagan yoki tan olgan;
 
- kamida 4 ta saralash bosqichi mavjud bo‘lgan.
 
Nufuzli xalqaro tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda taqdirlanadilar:
 
- gran-pri sohiblari uchun – 300 mln so‘m;
- 1-o‘rin sohiblari uchun – 300 mln so‘m;
- 2-o‘rin sohiblari uchun – 200 mln co‘m;
- 3-o‘rin sohiblari uchun – 100 mln so‘m.
 
 Respublika tanlovlari g‘oliblari quyidagi miqdorda taqdirlanadilar:  
 
- gran-pri sohiblari uchun – 100 mln co‘m;
- 1-o‘rin sohiblari uchun – 100 mln so‘m;
- 2-o‘rin sohiblari uchun – 50 mln so‘m;
- 3-o‘rin sohiblari uchun – 25 mln co‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring