O‘zbekiston gastrodiplomatiyasi: milliy meros — global imijning yangi intellektual drayveri
Rossiyaning nufuzli nashrlaridan biri — «Komsomolskaya pravda»da chop etilgan tahliliy maqolada o‘zbek milliy oshxonasi shunchaki pazandalik emas, balki millat genofondini asrovchi «XIX asr bioxakingi» va davlat suverenitetining mustahkam poydevori sifatida dunyoga taqdim etildi.
Olima Iroda Dadajonovaning izlanishlari milliy meros kodini zamonaviy ilm-fan tiliga «tarjima qilish» orqali o‘zbek pazandalik falsafasini global miqyosdagi intellektual trendga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Iroda Dadajonova tomonidan ilgari surilayotgan konsepsiya qisqa fursatda madaniy ekspansiyaning uchta muhim bosqichini zabt etdi:
- Samarqand forumida ilk bor jahon ekspertlariga taqdim etilgan «O‘zbek kulinar kodi» konsepsiyasi milliy merosga bo‘lgan xalqaro qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
- Rossiyaning bosh axborot kanali — «Mayak» radiosi efirida olima o‘zbek taomlarining falsafiy va tibbiy ildizlarini tizimli ilm sifatida shaxdamlik bilan isbotlab berdi.
- «Komsomolskaya pravda» nashridagi fundamental tahlil Samarqand forumi va media-chiqishlarni yagona ilmiy zanjirga birlashtirib, o‘zbek pazandalik falsafasini dunyo afkor ommasi uchun «Kelajak kutubxonasi» sifatida muhrladi.
Meros kodi: tarixdan kelajakka «intellektual ko‘prik»
Manbashunos-madaniyatshunos olima Iroda Dadajonova ilgari surgan konsepsiya quyidagi fundamental ustunlarga tayanadi:
• Konsepsiyaning o‘zagi sifatida I. Dadajonova ilk bor fors tilidagi noyob qo‘lyozmalarni ilmiy tadqiqotga jalb etdi. Mullo Oshur Qori Vozehning murakkab forsiy matnini mahorat bilan tabdil qilish orqali, olima asrlar davomida yashirin yotgan «XIX asr bioxakingi» — inson salomatligi va genofondini boshqarishning mukammal tizimini ilmiy muomalaga kiritdi.

• Qo‘lyozmalardagi tibbiy-falsafiy o‘gitlar asosida milliy taomlarimizning nafaqat ozuqa, balki tarixiy epidemiyalar davrida xalqni asrab qolgan «tabiiy antibiotik» va millat xavfsizligini ta’minlovchi strategik qurol ekani ilmiy asoslandi.
• Palov va boshqa milliy taomlarning xalqaro muloqotlardagi o‘rni shunchaki mehmondorchilik emas, balki davlatning gastronomik suvereniteti va tashqi siyosiy maydondagi o‘ziga xos «intellektual diplomatiyasi» sifatida yangi rakursda ochib berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter