Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerika orzusi»dagi yana bir fuqaro firibgarga chuv tushdi

«Amerika orzusi»dagi yana bir fuqaro firibgarga chuv tushdi

Jizzax shahrida o‘zini xorijga ishga jo‘natuvchi «ishonchli odam» sifatida ko‘rsatgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.K.ning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilgan.

Evaziga esa undan 11 200 AQSh dollari va 50 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring