Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda sudya qamoqqa olindi

Andijonda sudya qamoqqa olindi

Foto: DXX

Andijonda hakamlik sudi sudyasi qamoqqa olindi. U Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, evaziga 15 000 AQSh dollari talab qiladi. Ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 dollar «avans» olgan.

Ammo sudya bergan va’dasining ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pulining bir qismini qaytarib berayotgan paytida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring