Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonnning barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, «istisqo» namozi o‘qiladi — Musulmonlar idorasi

O‘zbekistonnning barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, «istisqo» namozi o‘qiladi — Musulmonlar idorasi

O‘zbekistonda kuz fasli yomg‘irsiz o‘tayotgani, kelgusi kunlarda ham yog‘ingarchilik kutilmayotgani tufayli muftiy tashabbusi bilan, 28-noyabr kuni juma namozidan keyin — O‘zbekistondagi barcha masjidlarda «yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi».

Shuningdek, viloyatlar, tuman-shaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar, yetim-yesirlar, beva-bechoralar, miskinlar, boquvchisini yo‘qotgan keksalarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, O‘MI tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriy «Sahihi Buxoriy» asari shu yil 28-noyabr kuni juma namoziga qadar xatmi kutub qilinadi (o‘qib chiqiladi).

«Zero, Imom Buxoriyning «Sahih»lari qurg‘oqchilikda o‘qilganda, Alloh taoloning irodasi ila yomg‘ir yoqqani tarix kitoblarida yozilgan», – deyiladi O‘MI xabarida.

Idora Makkai mukarrama va Madinai munavvarada umra ziyoratida bo‘lib turgan ellikboshi imom-domlalarga Ikki Haramda o‘z guruhlari ishtirokida istisqo namozini o‘qishlarini tavsiya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring