Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik fazogirlar Yerga qaytmasliklari ham mumkin

Xitoylik fazogirlar Yerga qaytmasliklari ham mumkin

«Shenchjou-21» ekipaji a’zolari — Chjan Lu, U Fey va Chjan Xunchjan

Xitoylik astronavtlar fazoviy stansiyada qolib ketishdi. Hamkasblari bilan o‘rin almashishga borgan fazogirlar, nosozlik tufayli, ularga o‘zlari qaytadigan kemani berishga majbur bo‘lishdi, deb yozmoqda Weibo.

«Tyangun» fazoviy stansiyasida ushlanib qolganlar — «Shenchjou-21» ekipajining uch fazogiri: Chjan Lu, U Fey va Chjan Xunchjan, ular 31-oktyabrdan buyon stansiyada. Ular amaldagi «Shenchjou-20» ekipaji bilan o‘rin almashishlari kerak edi.

Rejaga ko‘ra, astronavtlarning birinchi guruhi Yerga 5-noyabrda qaytishi kerak edi, ammo «Shenchjou-20» parvozi so‘nggi daqiqalarda to‘xtadi.

Fazoviy chiqindi kelib urilishi oqibatida ularning kemasida darz paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng «Shenchjou-20» ekipaji «Shenchjou-21» uchun mo‘ljallangan kapsulada 14-noyabrda Yerga qaytdi.

Endi «Shenchjou-21» ekipaji Yerga mustaqil qayta olmaydi. Xitoy shu sababli 2026-yil bahorida uchirilishi mo‘ljallangan «Shenchjou-22» kapsulasiga ertaroq, xususan, shu yil noyabri oxirlarida start bermoqchi.

Agarda stansiyada yana bir favqulodda hodisa yuz bersa, xitoylik fazogirlar Yerga umuman qayta olmasliklari mumkin. Ularda birgina imkoniyat bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring