Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy ilm-fan eng yaxshi rivojlangan davlatga aylandi

Xitoy ilm-fan eng yaxshi rivojlangan davlatga aylandi

Foto: Telestis Scaevinius

Xitoy shaharlari birinchi marta dunyoning eng yirik ilmiy-tadqiqot markazlari o‘ntaligidagi o‘rinlarning yarmidan ko‘pini egalladi. Bu haqda Nature Index (dunyoga mashhur Springer-Nature Publishing Grour sho‘’basi) xabar berdi.

Pekin 2016-yildan buyon ushbu reytingda yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinni esa Shanxay egalladi.

Pekinning ilmiy tadqiqotlar hajmi asosiy ko‘rsatkichi — «hissa ulushi» 2023-yildan 2024-yilgacha 9 foizdan ko‘proqqa, Shanxayniki deyarli 20 foizga oshdi. Xuddi shu davrda AQShdagi barcha shaharlarning dunyoning birinchi o‘ntaligidagi ulushi kamaydi.

Beshta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha alohida tahlil ko‘rsatishicha, Xitoy shaharlari kimyo, fizika, Yer va atrof-muhit fanlari bo‘yicha yetakchilikni saqlab turibdi. Kimyo bo‘yicha ular birinchi marta o‘nta yuqori o‘rinni egalladi, qolgan ikkita sohada esa oltita o‘rin Xitoy shaharlariga tegishli. Pekin har uch yo‘nalishda dunyoda birinchi o‘rinda. Amerika va Yevropa shaharlari biologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida yetakchilikni (top-10) saqlab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring