2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqa bir shaxsdan zargarlik buyumlari joylangan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Jo‘natma belgilangan tartibda va xolislar ishtirokidagi ochib ko‘rilganida, uning ichida maxsus tayyorlangan 3 ta o‘ram borligi aniqlandi.
O‘ramda esa umumiy og‘irligi 1 kg 138 gr og‘irlikdagi va tillandan ishlangan 175 dona tayyor zargarlik buyumlari bor ekan.
Sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tilla taqinchoqlarning dastlabki qiymati taxminan 2 millard so‘mni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 55 ta huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yishdi.
Natijada, qiymati 6 mlrd. so‘mdan ortiq 7,5 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter