Qashqadaryoliklar — “Media haftalik“ka marhabo!
Mamlakatimiz janubida media muhit yangicha ruhda shakllanmoqda. Surxondaryoning quyosh taftidek qaynoq va samimiy muhitida kechayotgan media haftalik Qashqadaryoda davom etmoqda.
20-aprel kuni Qarshi davlat universitetida boshlangan «Media haftalik» davomida ishtirokchilar zamonaviy media olamining dolzarb yo‘nalishlari, amaliy bilimlar va tajriba almashinuvidan bahramand bo‘lishmoqda.
Malakali ekspertlar tomonidan olib borilayotgan treninglar orqali media sohasida muvaffaqiyatga erishishning real yondashuvlarini o‘rganayotgan qatnashchilarda dastlabki kunning o‘zidayoq bugungi o‘zbek mediasining holatini tahlil qilib, uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘ziga xos yondashuvlar shakllandi.
Qashqadaryolik yoshlar, 24-aprelga qadar davom etadigan media haftalikda ishtirok etishga shoshiling!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter