Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terlab ketdingizmi? Demak sog‘lomsiz! Terlamaslik — kasallik!

Terlab ketdingizmi? Demak sog‘lomsiz! Terlamaslik — kasallik!

Odamzod shu qadar mukammal yaratilganki, hatto terlash ham inson organizmining tabiiy va muhim himoya mexanizmi hisoblanadi. Ko‘pchilik uni faqat issiqda yoki mashq paytida yuz beradigan oddiy holat deb biladi.

Aslida esa terlash tana haroratini me’yorda ushlash, teri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va organizmdan ayrim zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.

Xo‘sh, terlash nima uchun kerak?

Organizmda millionlab ter bezlari mavjud. Ular orqali suv, tuz va ba’zi moddalar chiqadi. Terlashning asosiy vazifalari:

  • tana haroratini tushirish;
  • qizib ketishdan himoya qilish;
  • mashq vaqtida sovitish;
  • teri namligini saqlash;
  • elektrolit muvozanatida ishtirok etish.

Ya’ni, terlashning birinchi vazifasi — «detoks» emas, balki haroratni boshqarishdir.

Terlash orqali toksinlar chiqib ketadimi?

Ayrim tadqiqotlarda ter tarkibida quyidagi moddalar aniqlangan:

qo‘rg‘oshin;

simob;

kadmiy;

margumush;

bisfenol-A (BPA);

ftalat izlari.

Bu shuni anglatadiki, organizm ba’zi zararli moddalarni ter orqali ham chiqarishi mumkin. Hamma inson ham bir xil terlamaydi. Kimdir kam terlaydi, lekin sog‘lom bo‘lishi mumkin. Bu odatda genetika, yosh, jismoniy tayyorgarlik, iqlim, suv ichish odati, gormonlar va dori vositalari.

Lekin umuman ter chiqmaslik yoki juda kam terlash ba’zi holatlarda muammo belgisi bo‘lishi mumkin. Masalan, degidratatsiya, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet asoratlari, qalqonsimon bez muammolari va ayrim dori vositalarining ta’siri. Bunday holatda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Sport va jismoniy faollik tabiiy terlab, organizmni tozalashning eng yaxshi usullardan biri. Chunki faol harakat faqatgina terlatmaydi, balki yurak faoliyatini ham kuchaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, stressni kamaytirib, vaznni nazorat qilishga ham yordam beradi.

Tadqiqotlarda vaqti-vaqti bilan saunaga tushib turish ham nihoyatda foydali ekanligini aniqlangan, jumladan, qon aylanishi yaxshilanadi, mushaklar bo‘shashadi, stress kamayadi va ba’zi odamlarda uyqu sifati ham yaxshilanadi. Ammo bunday holatda eng avvalo shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Unutmang, ko‘p terlash organizmda ko‘p toksin bor degani emas. Ba’zan ko‘p terlash yuqori harorat, semizlik gormonal holat, stress, fitnes darajasi, gipergidroz (ortiqcha terlash kasalligi) bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Organizmni tozalashning eng yaxshi usullari yetarlicha suv ichish, sifatli uyqu, jismoniy faollik, sabzavot va tolali ovqatlar iste’mol qilish, alkogol va tamakini cheklash, jigar va buyraklarni asrash, stressni kamaytirish va sog‘lom hayot tarziga amal qilish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring