Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

376 ta qoidabuzarlik, to‘lanmagan jarimalar va yaroqsiz holga kelgan «Lacetti»

376 ta qoidabuzarlik, to‘lanmagan jarimalar va yaroqsiz holga kelgan «Lacetti»

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash ishlari jarayonida bir haydovchiga tegishli «Lacetti» rusumli avtomashina topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi bilan 376 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgan va 330 mln so‘mdan ortiq jarimalar belgilangan bo‘lgan.

Eng qizig‘i, ko‘plab qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ijro hujjatlari yurituvga olingan. Biroq avtomashina uzoq vaqt davomida topilmay kelgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi aniqlandi. Ammo uning holati kutilganidan ancha achinarli bo‘lib chiqqan. Avtomashina avvalroq yo‘l-transport hodisasiga uchragan va hozirda deyarli yaroqsiz holga kelib qolgan.

Jarimalarni o‘z vaqtida to‘lash va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish nafaqat qonun talabidir, balki haydovchining xavfsizligi va mol-mulkini saqlab qolish uchun ham muhim hisoblanadi.

Qayd etilishicha, endi undiruv ishlariga kirishiladi, chunki mashina topildi va uni auksionga qo‘yish choralari ko‘riladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring