Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
Hukumatning «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida Ko‘p funsional inklyuziv–resurs markazi tashkil etiladi;
- Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantiriladi.
Markaz alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim rejalari va rivojlanish xaritalariga talablarni ishlab chiqadi hamda tajribadan o‘tkazgan holda amaliyotda tatbiq etilishini monitoring qiladi.
Markaz yiliga 6 mingdan ortiq bolalar va mutaxassislarga xizmat ko‘rsatadi.
Markazning asosiy vazifalari:
- Bolalar uchun individual ta’lim rejasi va rivojlanish xaritalarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etishni monitoring qilish;
- Alohida ta’limga muhtoj bolalar bilan ishlovchi maxsus pedagoglar uchun amaliy stajirovkalar tashkil etish ( 2026–2027 yillarda 3 400 nafar maxsus pedagog ushbu stajirovkalarga jalb qilinadi);
- Bolalarni o‘qitishda zamonaviy metodikalar, o‘quv-didaktik materiallar va assistiv vositalarni sinovdan o‘tkazib, ta’lim jarayoniga joriy etish;
- Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun pedagogik va psixologik ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan maxsus kurslar o‘tkazish (Ushbu kurslarga 600 nafar ota-ona jalb etiladi);
- Markazda reabilitatsiya xizmatlari tashkil etish hamda bolalarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish uchun korreksiya, abilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter