Asr oxirida Yevropa aholisi qanchaga yetishi aytildi
Yevropa statistika boshqarmasi (Eurostat) YeI aholisining 2025 va 2100-yillar oralig‘ida 53 million kishiga (11,7%) kamayishini taxmin qildi.
Kutilmalarga ko‘ra, 2029-yilga kelib Yevropa Ittifoqi aholisi 453,3 million nafargacha o‘sadi, shundan so‘ng 2100-yilga kelib u asta-sekin 398,8 millionga kamayadi.
Asr oxiriga kelib, 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlarning ulushi 20% dan 17% gacha, 64 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli aholining ulushi esa 58% dan 50% gacha kamayishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, 65-79 yoshdagi keksalarning ulushi 16% dan 17% gacha, 80 va undan katta yoshdagi odamlarning ulushi esa 6% dan 16% gacha oshishi kutilmoqda.
Hozirda Yevropa Ittifoqi aholisi piramidasi yuqori umr ko‘rish davomiyligi, past o‘lim va past tug‘ilish bilan xarakterlanadi. Aholining asosiy qismi 50 yoshdan oshgan mehnatga layoqatli yoshdagi odamlardan iborat.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter