Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi

«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi

13-iyundan Toshkent metropolitenidagi «Chinor» bekatida yo‘lovchilar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bekatda zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari boshlanmoqda.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 30-aprelda o‘tkazilgan 25-son yig‘ilish bayonnomasiga asoslangan. Unda Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida kirish va chiqish qismlari kengaytirilishi, 4 ta yirik lift o‘rnatilishi hamda 12 ta qo‘shimcha turniket joriy etilishi rejalashtirilgan.

Yopilish davrida yo‘lovchilar harakati to‘liq to‘xtatilmaydi, «Chinor» va «Yangihayot» bekatlari orasida maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Loyiha doirasida bekatning kirish va chiqish qismi kengaytirilib, yo‘lovchilar oqimi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksalar va bolali oilalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish maqsadida 4 ta zamonaviy lift o‘rnatiladi.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun 12 ta yangi turniket joriy etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring