Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng gavjum aeroportlari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng gavjum aeroportlari reytingi e’lon qilindi

Foto: Lukas Souza / Unsplash.com

Xalqaro aeroportlar kengashi (ACI) dunyodagi eng gavjum aeroportlar reytingini tuzdi.

ACI ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami aviayo‘lovchilar soni 9,8 milliard kishini tashkil etdi (sayyoramizning jami aholisidan ko‘p). Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 3,6 foizga, pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan esa 7,3 foizga ko‘pdir.

Dunyodagi eng gavjum aeroport, o‘tgan yildagidek, Atlantadagi Hartsfild-Jekson aeroporti (AQSh) bo‘ldi — undan 106,3 million yo‘lovchi foydalangan. Ushbu aeroport reyting yetakchiligini 27 marta qo‘lga kiritgan, faqat 2020-yilda (Covid-19 sababli parvozlar kamayganda) birinchilikni boy bergan edi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini ketma-ket uchinchi yil Dubay aeroporti egallab turibdi (92,2 million yo‘lovchi). Kuchli uchlikni Tokiodagi Xaneda aeroporti 91,7 million yo‘lovchi bilan yakunlab bergan.

Shuningdek, top-10 talikdan Dallas-Fort-Uert, Shanxaydagi Pudun, Chikago, Londondagi Hitrou, Istanbul, Guanchjou Bayyun va Denver aeroportlari joy oldi. ACI qayd etishicha, dunyodagi jami yo‘lovchi oqimining qariyb 9 foizi aynan mana shu eng gavjum aviako‘rfazlarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring