Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda Isroil bilan aloqadorlikda ayblangan olti kishi qatl etildi

Eronda Isroil bilan aloqadorlikda ayblangan olti kishi qatl etildi

Eronning Huziston viloyatida milliy xavfsizlikka qarshi faoliyat olib borganlikda ayblangan olti nafar shaxs qatl etilgani haqida mamlakat sud organlari xabar berdi.

Qatl etilgan fuqarolarning ismlari oshkor etilmagan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, ular Faraca xavfsizlik kuchlari xodimlarini o‘ldirish, Isroil bilan aloqadorlik, separatizm, portlashlar va qurolli hujumlarni tashkil etish ayblari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Shuningdek, ularga nisbatan Xurramshahrdagi gaz stansiyasida portlash sodir etish, banklarga qurolli hujumlar uyushtirish, harbiy markazga granata tashlash va masjidlarga o‘q uzish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring