Face ID bilan xayrlashing yoxud iPhone Ultra yangi tarix yaratmoqda
Apple kompaniyasi smartfonlar bozorida yana bir katta burilishga hozirlik ko‘rmoqda. Texnologik dunyoning diqqat markazida turgan iPhone Ultra loyihasi haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi.
Buklanadigan smartfonlar segmentiga kirib kelayotgan Kupertino giganti o‘ziga xos, minimalistik va kutilmagan yechimlar bilan muxlislarini lol qoldirishga shaylanmoqda.
Insayder Sonni Dikson taqdim etgan batafsil maketlar iPhone Ultraning yakuniy dizayn qiyofasini ochib berdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, Apple bu safar tajriba o‘laroq faqat bir xil tusga, ya’ni oq rangga e’tibor qaratgan. Demak aytish joizki, buklanadigan model faqat oq rangda ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
iPhone Ultraning texnik qismi ham muhim o‘zgarishlarga boy. Insayderlarning tasdiqlashicha, Apple mazkur modelda Face ID tizimidan voz kechmoqda, uning o‘rniga kompaniya yon tugmaga Touch IDni joylashtiradi. Bu so‘nggi yillardagi eng kutilmagan texnik yechimlardan biri hisoblanadi.
Apple smartfon dizayni ustidagi barcha murakkab ishlarni to‘liq yakunladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu oyning oxiriga qadar kompaniya mazkur modelni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
iPhone Ultra nafaqat Applening yangi mahsuloti, balki smartfonlar evolyusiyasidagi navbatdagi bosqich bo‘lishi kutilmoqda. Oq rangli go‘yoki soddagini smartfon ortida yashiringan kuchli texnik xususiyatlar bozorda qanday aks-sado berishi esa tez orada ma’lum bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter