Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fors ko‘rfazida sulhdan keyingi hujumlar: Eron tomoni tushuntirish berdi

Fors ko‘rfazida sulhdan keyingi hujumlar: Eron tomoni tushuntirish berdi

AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilinganidan so‘ng ham Fors ko‘rfazi davlatlarida hujumlar haqida xabarlar tarqaldi.

Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat havo himoya tizimlari Eron tomonidan uchirilgan raketa va dronlarni qaytarish bilan shug‘ullangan. Turli hududlarda eshitilgan portlash ovozlari ushbu havo hujumlarini qaytarish jarayoni bilan bog‘langan.

Quvayt ham o‘z hududiga dronlar bilan hujum qilinganini bildirdi. Armiya ma’lumotiga ko‘ra, jami 28 ta dron qaytarilgan, ularning ayrimlari neft ob’yektlari, elektr stansiyalari va suv tozalash inshootlarini nishonga olgan.

Bahrayn Ichki ishlar vazirligi esa dron hujumi oqibatida ikki nafar fuqaro yengil jarohat olganini ma’lum qildi. Manama shahrida portlash ovozlari eshitilgan, ayrim energiya ob’yektlari joylashgan hududlarda tutun ko‘tarilgani kuzatilgan.

O‘z navbatida, Eron davlat OAVsi – IRIB Lavan orolidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilinganini, ayni paytda yong‘in o‘chirilgani va jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. 

Bir muddat o‘tib esa, Eron tomoni yuqoridagi hujumga javoban yuqorida nomlari keltirilgan Fors ko‘rfazi davlatlari neftni qayta ishlash ob’yektlari va suv tozalash inshootlariga hujum qilganini bildirdi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring