Hindistondagi aviahalokatda 7 kishi qurbon bo‘ldi
23-fevral oqshomida Hindistonning Jarkxand shtatida bortida bemor va tibbiyot xodimlari bo‘lgan kichik samolyot qulab tushdi.
Hodisa shtatning Chatra tumanida yuz bergan. Mahalliy politsiya bayonotiga ko‘ra, aviahalokat oqibatida samolyot bortidagi barcha — 7 kishi halok bo‘lgan.
Redbird Airways aviakompaniyasiga tegishli Beechcraft C90 samolyoti Ranchi shahridan Nyu-Deliga yo‘l olgan edi. Samolyot baxtsiz hodisa tufayli tanasining 60 foizi kuygan 41 yoshli erkakni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun poytaxtga olib ketayotgan bo‘lgan.
Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan 23 daqiqa o‘tib aloqaga chiqmay qolgan va radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fojiaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter