Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik hojilar qaysi kunlari yurtimizga qaytishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik hojilar qaysi kunlari yurtimizga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Bugun, 2 iyun kuni «Haj – 2026» mavsumining ilk ziyoratchilarini olib keladigan dastlabki samolyotlar Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu dastlabki aviareyslar orqali Toshkent shahridan ketgan ziyoratchilar qaytib kelishadi. Shuningdek, hojilarni respublikaning 10 ta hududidagi xalqaro aeroportlarda tantanali ravishda kutib olish reja qilingan.

Haj safarini yakunlaganlarni Jidda shahridan olib kelish ishlari joriy yilning 19 iyun kuniga qadar davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring