Italiya Isroil bilan mudofaa kelishuvini to‘xtatdi
Italiya Isroil bilan mudofaa sohasidagi kelishuvni avtomatik ravishda uzaytirishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jorja Meloni Veronaga safari chog‘ida matbuotga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror «joriy vaziyat»ni inobatga olgan holda qabul qilingan.
«Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, hukumat Isroil bilan mudofaa kelishuvini avtomatik uzaytirishni to‘xtatishga qaror qildi», – dedi Meloni.
Mutaxassislar fikricha, bu qaror Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida Yevropa davlatlarining Isroilga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqayotganini ko‘rsatadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter