Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh U-17. Portugaliya ilk jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

JCh U-17. Portugaliya ilk jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Foto: X

Qatarda futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati (U-17) yakuniga yetdi.

Finalda Portugaliya va Avstriya uchrashuviga guvoh bo‘ldik. Yagona gol portugallarga o‘z tarixida birinchi jahon chempionligini keltirdi.

3-o‘rin uchun o‘yinda italiyalik o‘smirlar braziliyalik tengqurlarini o‘n bir metrliklar seriyasida mag‘lubiyatga uchratishdi. Eslatib o‘tamiz, aynan italyanlar 1/8 finalda O‘zbekistonni to‘xtatgandi (3:2).

JCh U-17. Final. 27-noyabr

Portugaliya — Avstriya 1:0
Gol: Kabral (32).

3-o‘rin uchun

Italiya — Braziliya 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring