Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi

Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi

Ukraina qator yevropalik ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh ma’muriyatiga Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga o‘zining rasmiy tuzatish va izohlarini yubordi. Bu haqda avval Axios, keyin esa «RBK-Ukraina» manbalari orqali ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina delegatsiyasi boshlig‘i — Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov javob hujjatini prezident Trampning maslahatchisi va kuyovi Djared Kushnerga yo‘llagan. Hujjatda Kiyevning pozitsiyasi, bahsli masalalar bo‘yicha takliflar va ayrim moddalarga qo‘shimchamalar keltirilgan.

Ukraina delegatsiyasi hujjatni yuborishdan avval Britaniya, Fransiya va Germaniya bilan bir nechta raund maslahatlar o‘tkazdi. Shundan so‘ng Kiyev quyidagi ikki asosiy masala – Rossiya egallab turgan hududlar masalasi hamda Zaporoje AESning kelgusi maqomi bo‘yicha o‘z takliflarini shakllantirgan.

Bu ikkala masala tinchlik kelishuvidagi eng murakkab va bahsli nuqtalar ekani alohida ta’kidlanmoqda.

Vladimir Zelenskiyning kechki murojaatida ma’lum qilishicha, 20 banddan iborat tinchlik rejasi asosida Kiyev va Vashington o‘rtasida yana ikki muhim hujjat – AQShning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari haqidagi bitim hamda Ukrainani tiklash va investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma dastur tayyorlanyapti.

Qo‘shimcha qilinishicha, 10-dekabr kuni Ukraina iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha birinchi yig‘ilish ham bo‘lib o‘tgan. Unga AQSh tomonidan Djared Kushner, AQSh Moliya vaziri Skott Bessent va BlackRock rahbari Larri Fink ishtirok etgan.

Axios nashrining yozishicha, 11-dekabrda AQSh va Ukraina harbiy rahbarlari onlayn formatda navbatdagi muhokamalarni o‘tkazadi. Ularning asosiy mavzusi – Vashington taklif etgan tinchlik rejasi bo‘ladi.

Manba: dw.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring