Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotining sovrindorlari Susumu Kitagava, Richard Robson va Omar Yagxi bo‘ldi.
Mukofot global muammolarni hal etishda ulkan salohiyatga ega bo‘lgan yuqori g‘ovakli materiallarning yangi sinfi — metallorganik karkaslarni ishlab chiqqanliklari uchun beriladi.
Olimlar gazlar va boshqa kimyoviy moddalar o‘ta oladigan katta bo‘shliqli molekulyar tuzilmalarni yaratdilar. Bu tuzilmalardan cho‘lda havodan suv yig‘ishda, karbonat angidridni tutib qolishda, zaharli gazlarni saqlashda yoki kimyoviy reaksiyalarni tezlatishda foydalanish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter