Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maoshdan ham muhimroq narsalar bor — ishga kiruvchilarga milliarderlardan maslahat

Maoshdan ham muhimroq narsalar bor — ishga kiruvchilarga milliarderlardan maslahat

Uorren Baffett (chapda) va Maykl Blumberg.

Foto: New York Post

Maykl Blumberg va Uorren Baffet yosh mutaxassislarga ish tanlashda maoshning ko‘pligini emas, balki muhit va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olishni maslahat berishdi.

Milliarderlarning fikricha, pul bosh maqsad bo‘lmasligi kerak tajriba orttirish, aloqalar o‘rnatish va haqiqatan qo‘lingizdan nima kelishini yaxshi tushunishingiz uchun turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rish muhimroq.

Albatta, boylarga aytish oson, deyish mumkin. Biroq yuqoridagi har ikki milliarder xuddi shu yo‘lni bosib o‘tishgan, hammasini «nul»dan boshlashgan.

Forbes talqiniga ko‘ra, 2026-yil 10-yanvar holatiga, jahon milliarderlari ro‘yxatida Uorren Baffet to‘qqizinchi ($148,9 mlrd), Maykl Blumberg o‘n oltinchi o‘rinni ($109,4 mlrd) band etib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring