Nam va salqin havo kirib kelmoqda, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin — «O‘zgidromet»
«O‘zgidromet» xabar berishicha, mamlakatimiz hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda. Ko‘p hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda.
Quyida 14-aprel soat 20:00 dan 15-aprel soat 20:00 gacha bo‘lgan ob-havo prognozi keltirilgan.
Toshkent shahri
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 16-18° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 14-17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.
14-aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 15-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi. 14-17-aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter