Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston gazli ichimliklar eksportini keskin oshirdi

O‘zbekiston gazli ichimliklar eksportini keskin oshirdi

Foto: Xabar.uz

2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatga 43,2 mln litr gazlangan ichimlik eksport qildi. Buning umumiy qiymati 19,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,2 mln litrga oshgan. Shu tariqa eksport hajmi qariyb 2,9 barobarga ko‘paygan.

Jumladan, gazli ichimliklar eksportida eng katta ulush Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatga 26,8 mln litr mahsulot yetkazib berilgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston 12,9 mln litr, Rossiyaga esa 3 mln litr gazlangan ichimlik eksport qilingan. Gruziyaga 123,2 ming litr, Mo‘g‘ulistonga 99,3 ming litr mahsulot yetkazilgan. Qolgan davlatlarga jami 319,8 ming litr eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 3 mlrd 546,8 mln dollarni tashkil etgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring