O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
O‘zbekiston madaniyatining yorqin vakili, xalq artisti, teatr va kino arbobi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi raisi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori va rejissyori, "Do‘stlik" ordeni sohibi sifatida tanilgan.
Yoqub Ahmedov 1938 yil 3 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan. 1958 yildan boshlab Hamza nomidagi O‘zbek davlyat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor, keyinchalik teatr direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U ellikdan ortiq spektakllarda asosiy rollarni mahorat bilan talqin etgan, teatr san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek, u ko‘plab filmlarda suratga tushigan va dublyaj ustasi sifatida ham tanilgan.
Ustoz san’atkorning vafoti O‘zbekiston madaniyat dunyosi uchun og‘ir yo‘qotish hisoblanadi.
Xabar.uz jamoasi marhumning oilasi, qarindoshlari, hamkasblari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter