Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda nikohning birinchi yilida ajrashish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda nikohning birinchi yilida ajrashish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi nikohdan ajratish tartibiga qator o‘zgartish kiritishni taklif qilmoqda. Bu bo‘yicha loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Mazkur loyihaga ko‘ra, Oila kodeksining 40-moddasida nazarda tutilgan sud tomonidan er-xotinga yarashish uchun beriladigan muhlat amaldagi olti oydan bir yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oila kodeksining 42-moddasiga ham qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlar o‘zaro rozilik asosida FHDYo organlari orqali ajrashish tartibiga yangi shart joriy etish taklif qilingan.

Unga ko‘ra, bunday soddalashtirilgan usulda ajrashish uchun nikoh tuzilganiga kamida bir yil bo‘lgan bo‘lishi talab etiladi. Biroq mazkur talab oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring