Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari soni 31 mingdan oshdi

O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari soni 31 mingdan oshdi

Foto: Xabar.uz

2026-yil 1-may holatida O‘zbekistonda qurilish sohasida 31 ming 489 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,1 mingtaga oshgan.

Qayd etilishicha, poytaxtda 7 ming 769 ta qurilish korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritib, respublikadagi jami subyektlarning qariyb chorak qismini tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati va Samarqand viloyati qayd etilgan.

Toshkent viloyatida 2 ming 905 ta, Samarqand viloyatida 2 ming 378 ta, Farg‘ona viloyatida 2 ming 333 ta qurilish korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 2 ming 194 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 ming 119 ta va Surxondaryo viloyatida 1 ming 958 ta subyekt ro‘yxatdan o‘tgan.

Andijon viloyatida 1 ming 755 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ming 655 ta, Xorazm viloyatida esa 1 ming 602 ta qurilish tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Namangan viloyatida 1 ming 420 ta, Navoiy viloyatida 1 ming 302 ta va Jizzax viloyatida 1 ming 237 ta qurilish sohasi subyekti qayd etilgan.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, hududda 862 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring