Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi finalini boshqaradi

O‘zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi finalini boshqaradi

Foto: O‘FA

O‘zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi finalida ishlaydi. Bu haqda O‘FA xabar berdi

25-aprel kuni Elit Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» hamda Yaponiyaning «Machida» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. 

Mazkur bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi. 

Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov VAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Avvalroq o‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026da ishlashi  xabar berilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring