Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

O‘zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlari va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor.

Dam olish kunlari – 5–6 sentyabrda respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.

Bugun va shanba kuni mamlakatning katta qismida kunduzgi harorat 28–33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida esa 23–28 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi asosan 13–18 daraja saqlanadi.

6 sentyabr, yakshanba kuni havo harorati 2–3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Toshkent shahrida bugun kunduzi harorat 30 daraja, shanba kuni 30–32 daraja, yakshanba kuni esa 32–34 daraja atrofida bo‘ladi.

4–5 sentyabr kunlari shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida shamol tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring