«O‘zgidromet» tezkor xabar e’lon qildi
«O‘zgidromet» tezkor axborot bilan chiqdi.
2025-yil 13–16-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ralgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter