Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi

Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi

«Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan paralimpiya sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini shakllantirishning yangi tartibi joriy etiladi.

Jumladan:

  • paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirishda sportchilarning tegishli sport musobaqalaridagi natijalari bilan birga sport normativlarini bajarishi natijasi ham inobatga olinadi;
  • sport terma jamoalari sport normativlariga muvofiq shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi o‘tkazilishi majburiy hisoblanmaydi;
  • «ERP-sport» elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning sport natijalari kiritib boriladi va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi.

Shuningdek, Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi.

Paralimpiya markazi Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring