O‘zbekistonda har uchinchi YTH o‘lim bilan yakunlanmoqda
2026-yilning dastlabki uch oyi davomida O‘zbekistonda 1 102 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha hisobotida aytib o‘tildi.
YTHlarning 31,4 foizi (346 ta holat) o‘lim bilan yakunlangan. Ya’ni, qariyb har uchinchi avariya inson umriga nuqta qo‘ymoqda.
YTHlarning asosiy sababi tezlikni oshirish — avariyalarning qariyb uchdan bir qismi (32,9 foiz) aynan shu sababli yuz bergan.
Boshqa sabablar:
- 13,6 foiz holatda haydovchilar piyodalarga yo‘l bermagan;
- 4,2 foiz holatda — rul boshqaruvida uxlab qolgan;
- 2,4 foiz holatda — svetofor ishoralariga amal qilmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter