Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokistondan Jizzaxdagi texnikumga bepul tibbiy jihozlar topshirildi

Pokistondan Jizzaxdagi texnikumga bepul tibbiy jihozlar topshirildi

Foto: Dunyo

Pokistondan Jizzaxdagi tibbiyot texnikumiga bepul zamonaviy jihozlar topshirildi. 

«Dunyo» AA xabar berishicha, O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Jizzax shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga zamonaviy tibbiy uskunalardan iborat bepul grant yetkazildi. 

Loyiha 2026-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshirig‘i asosida amalga oshirildi. Shu doirada O‘zbekistonning elchixonasi tomonidan Pokistonning yetakchi tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilardan biri Stahlmann Pro kompaniyasi bilan maqsadli muzokaralar olib borildi. 

Natijada kompaniya direktori Abdulla Amjad elchixonaga 10 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunani grant sifatida taqdim etdi. Yuqori xalqaro standartlarga mos ushbu jihozlar AQSh va Yevropa bozorlariga ham eksport qilinadi. 

Grant asosida texnikumda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Yangi markaz talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan ishlash tajribasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring